Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jizzax garnizonida harbiy parad oʻtkazildi
15:11 / 2019-12-27

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi markaziy oʻyingohda harbiy parad oʻtkazildi.


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi markaziy oʻyingohda harbiy parad oʻtkazildi.

Markaziy harbiy okrugdagi kuchishlatar tuzilmalar bilan hamkorlikda “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida oʻtkazilgan keng miqyosdagi tadbir 2000 ga yaqin jizzaxlik yoshlarni qamrab oldi.

Jangovar texnikalar paradidan soʻng, qoʻl jangi elementlaridan koʻrgazmali chiqishlar va Jizzax Maʼnaviyat va maʼrifat markaziy harbiy orkestri tomonidan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlar tomoshabinlar hukmiga havola etildi. Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli xizmat itlarini chaqqon va aldamchi harakatlari tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi.

– Bu kabi tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi, – deydi mayor Lutfullo Jalolov. – Bundan bir necha yil oldin armiya xalqdan alohida bir tashkilotga oʻxshab koʻrinardi. Hozirgi kunda shahar va tuman markazlarida harbiy texnikalar paradini oʻtkazyapmiz. Harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilyapti. Poligonlarda oʻquvchilar jangovar mashgʻulotlarni kuzatishyapti. Xalq bilan armiya yaqinlashayotgani eʼtiborga molik. Demak, mudofaa sohasidagi ochiqlik siyosati oʻz kuchini koʻrsatyapti, deb xulosa qilsak boʻladi.

Tadbir soʻnggida Jizzax garnizoni rahbariyati va Milliy gvardiyasi qoʻmondonligi, Ichki ishlar boshqarmasining maxsus otryadi tomonidan harbiy texnika hamda qurol-yarogʻlar koʻrgazmasi namoyish etildi.