Aholi farovonligini ta’minlash va salomatligini yaxshilashning eng zarur choralaridan biri — ularni toza ichimlik suvi bilan ta’minlashdir.
Mamlakatimizda shu maqsadga qaratilgan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Jizzax viloyati aholisi jami 1443,4 million nafarni tashkil etadi. Ayni paytda 963,2 ming xonadonda istiqomat qilayotgan fuqarolar markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Umumiy hisobda viloyat aholisining 65,6 foizi toza ichimlik suvi ta’minotiga ega.
Qolgan 512,6 ming aholi (34,7 foizi) muqobil ichimlik suv manbalaridan foydalanib kelmoqda.
Aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida bir qator dasturlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 80 ta ob’ektda qurilish – montaj ishlari davom etayotir.
Jarayon yakunlansa, 106 mingdan ziyod aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi. 48 ta qishloqdagi 78 ming aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Kelgusi manzilli dasturlarga asosan olis hududlarda joylashgan 120 ta qishloqni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun “Jizzax suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan aniq takliflar berilgan.
O‘zA