Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jizzax – 2024” xalqaro savdo-iqtisodiy forumi
17:23 / 2024-09-27

Jizzax viloyatining Zomin tumanida tashkil etilgan “Jizzax – 2024” xalqaro savdo-iqtisodiy forumida mahalliy tadbirkorlar bilan bir qatorda Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikalaridan ham vakillar ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, Jizzaxning iqtisodiy salohiyati hamda investitsion jozibadorligi, asosiy drayverlari, xorijiy va mahalliy investorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar xususida forum ishtirokchilariga atroflicha ma’lumotlar berdi. Bugungi kunda Jizzax viloyatida qo‘shni Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalari hamda strategik hamkor davlat Xitoy Xalq Respublikasi bilan sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, savdo va iqtisodiy sohalarda do‘stona hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib borayotganligi ta’kidlandi.

Doimiy hamkorlik samarasida barcha darajadagi muloqotlar yanada faollashib, do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan har ikki tomonlama manfaatli hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga chiqayotganini ham alohida qayd eib o‘tish lozim.

Keyingi yillarda Jizzaxda barcha sohalarda salmoqli natijalarga erishilayotgani ham alohida tahsinga loyiq. 

Ayni paytda Jizzax viloyati mamlakatimizning yetakchi sanoat markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Bunda asosiy lokomotivlar avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qurilish, charm-poyabzal, meva-sabzavot mahsulotlari, kimyo sanoati, metallurgiya va boshqa tarmoqlar hisoblanadi.

Bugungi kunda Jizzax viloyatida 250 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat olib bormoqda. Ulardan 49 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 6 tasi Qozog‘iston, 7 tasi Qirg‘iz Respublikasi va 2 tasi Tojikiston Respublikasi bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda.

Keyingi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tashriflar natijasida o‘zaro tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilgan ko‘plab shartnomalar imzolandi.

Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 milliard 320 million AQSH dollarini tashkil etdi. Shuning 578 million dollari Xitoy Xalq Respublikasi, 46 million dollari Qozog‘iston, 7 milliondan dollari Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi hisobiga to‘g‘ri keladi.

“Jizzax – 2024” xalqaro savdo-iqtisodiy forumida Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikalaridan ham vakillar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etib, tadbir yakunida mazkur hududlar bilan savdo iqtisodiy memorandumlar imzolandi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri