Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“JIZZAKH CYBYeR ARYeNA” ochildi (+video)
15:35 / 2023-12-25

Jizzax shahrida Yangi yil bayrami arafasida “JIZZAKH CYBYeR ARYeNA”si foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Jizzax viloyati, shahar, tuman hokimlari, sektor rahbarlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, nuroniylar, mehnat faxriylari, faollar, tashkilot va idora rahbarlari, talaba-yoshlar, sportchilar, kibersportchilar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqan Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev, O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Kibersport assotsiatsiyasi rahbari Doniyor Jo‘rayev, Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev Prezidentimizning 2022 yil 16 noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida barpo etilgan ushbu maskan, yoshlarining yangi iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilishini ta’kidladi.  

[gallery-15224]

Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev vazirlikning Yangi yil sovg‘asi sifatida viloyatda kibersportni yanada rivojlantirish uchun 1 milliard 350 million so‘mlik sertifikat topshirdi.  

Tantanali marosimda Olimpiada, Paralimpiada, Jahon, Osiyo va yirik xalqaro hamda O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida ishtirok etib, ularda munosib o‘rin egallagan 110 nafarga yaqin jizzaxlik sportchi va faol yoshlarga hokimlikning pul mukofotlarini viloyat hokimi Ergash Saliyev, Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev tantanali ravishda topshirdi.  

O‘z navbatida, foydalanishga topshirilgan ushbu arenada “Hokim va yoshlar” uchrashuvi ham o‘tkazilib, Jizzax viloyati hokimi bilan uchrashuvda 1 ming 200 nafardan ortiq o‘quvchi, talaba-yoshlar ishtirok etdi.  

Foydalanishga topshirilgan ushbu “JIZZAKH CYBYeR ARYeNA”da  “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XaEHTHof-H0" title="“JIZZAKH CYBЕR ARЕNA” ochildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

A.Qayumov, J.Yorbekov (video+surat), O‘zA muxbirlari