Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jiu-jitsu bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilar mamlakat tarixidagi ilk Jahon chempioni bo‘lishdi
17:51 / 2021-12-02

BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘smirlar o‘rtasida Jiu-jitsu sporti bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazildi.

Quvonarli tomoni, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasining ikki vakili mamlakatimiz tarixida ilk marta ushbu sport turi bo‘yicha Jahon chempioni degan nomni qo‘lga kiritishdi.

Kulrang belbog‘li sportchilar o‘rtasida -27 kg. vaznda Umar Alouddinov Qozog‘iston, mezbonlar va Rossiya vakillarini yengib, finalda suriyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va Jahon chempioni degan nomni qo‘lga kiritdi.

Kulrang belbog‘li sportchilar o‘rtasida -50 kg. vaznda esa Damir Ahmadulin saralash bosqichida Misr va suriyalik raqiblarini, yarim final va finalda esa mezbonlar vakillarini mag‘lub etib, Jahon chempioni degan nomni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, ushbu ikki sportchi ham Top Team Uzbekistan akademiyasi tarbiyalanuvchilari sanaladi. O‘zbekiston tarixidagi ilk Jahon chempionlariga Rizo Safarov va Siroj Rustamov murabbiylik qildi.

Marhabo Madaminova, O‘zA