Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jismoniy tarbiya va sport vaziri endi Oʻzbekiston voleybol federatsiyasini ham boshqaradi
00:03 / 2019-11-02

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligining anjumanlar zalida Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik mutasaddilari hamda federatsiyaning ijroqoʻm aʼzolari ishtirok etdi.

Tadbirga Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining 11 kishidan iborat ijroiya qoʻmitasi aʼzolaridan 9 nafari tashrif buyurgani va kvorum aʼzolari sonining yetarli ekani Konferensiyaning qonuniy ravishda oʻtganini anglatadi.

Mazkur konferensiya kun tartibidan asosiy oʻrin olgan masala Federatsiyaga yangi prezident saylash boʻldi.

Shu kungacha federatsiya prezidenti lavozimi vakant boʻlib turganligi sababli Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Daniyar Burnashev ushbu lavozimga Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev nomzodini ilgari surdi. Ovoz berish jarayonida nomzod bir ovozdan maʼqullandi hamda Dilmurod Hamidullayevich Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi.