FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardan tashrif buyurgan sport sohasi va ta’lim muassasalari vakillari, olimlar, mutaxassislar ishtirok etdi.
Anjumanda ishtirokchilar sho‘’balarga bo‘linib, bir qator ilmiy va amaliy mavzular yuzasidan fikr almashdilar. Ularda yangicha yondashuvlar, metodik ishlanmalar, innovatsion loyihalar muhokama qilindi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
[gallery-25754]
Shuningdek, tadbir doirasida Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Mingboshi keramik” oilaviy korxonasiga amalga oshirilgan tashrif ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda milliy sopolchilik san’ati, mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni va bezak berish texnologiyalari bilan tanishildi. Sopol san’ati namunalari inson qo‘li bilan yaratiladigan mo‘’jizalarning yaqqol misoli sifatida qadrlandi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA