Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jismoniy tarbiya fanini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi
07:47 / 2021-06-04

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida jismoniy tarbiya fani bo‘yicha uzluksiz ta’lim dasturlarining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalar davomida har bir ta’lim bosqichida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishining bugungi kundagi holati, jarayondagi muammolar va shakllantiriladigan yangi o‘quv dasturida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Qayd etilishicha, jismoniy tarbiya fani bo‘yicha ishchi guruh amaliyotchi olimlar va pedagoglar bilan hamkorlikda o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, bugungi kunda mazkur fan bo‘yicha takrorlangan mavzular 19 ta, uzviyligi ta’minlanmagan mavzular 29 ta, nazariydan amaliyga 9 ta, yangilanishi zarur mavzular 16 ta, olib tashlanadigan mavzular 1 ta, xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha kiritiladigan mavzular 56 ta, boshqa ta’lim turiga o‘tkaziladigani 15 ta ekanligi aniqlandi va dasturlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, professional ta’lim tizimida kasb-hunar maktablari, akademik litseylar va umumta’lim maktablarining yuqori sinflari uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturlari mazmunan birlashtirish, umumiy o‘rta ta’lim berilgan dasturdagi mavzular ketma -ketligidan foydalangan holda akademik litsey uchun tuzilgan o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur.

Oliy ta’lim bosqichida jismoniy tarbiya fani uchun ajratilgan dars soatlarining kamligi sababli ba’zi OTMlarda ushbu fan o‘qitilmayotgani qayd etildi. Shu bilan birgalikda, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi o‘quv-moddiy bazalar va o‘quv-uslubiy ta’minotni barpo etish, pedagog-kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirish jarayonini tubdan qayta ko‘rib chiqish va zamon talabiga mos kadrlarni tayyorlash, DTS, o‘quv va ishchi o‘quv fan dasturlarining davr talabiga ko‘ra takomillashuvidan kelib chiqib o‘quv adabiyotlarini yaratish va yaratilgan adabiyotlarni chop etish,jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun tizimli ravishda xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda malaka oshirish va stajirovka jarayonlarini yo‘lga qo‘yish lozim.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA