Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jismoniy tarbiya darsida samaradorlikka erishish muvaffaqiyatlarga yo‘l ochadi
11:17 / 2025-11-13

Xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan professional sportchilarning ilk qadami oiladan, maktabdan boshlangan.

O‘tgan 20-30 yillikda O‘zbek sportining dovro‘g‘ini dunyoga doston etgan afsonaviy sportchi maqoqomiga erishgan bokschimiz Rufat Risqiyevmi, futbol afsonasiga aylangan Birodar Abduraimovmi, yaqin o‘tmishda dong taratgan Mirjalol Qosimov yoki birinchi yozgi Olimpiiya o‘yinlari g‘olibi Muhammadqodir Abdullayevmi, bugungi kun qahramonlari Bahodir Jalolov, Abduqodir Xusanov, Eldor Shomurordov, Diyora Keldiyorova, Akbar Jo‘rayev, Ruslan Nuriddinov, barcha-barchasining sport turlariga, mashg‘ulotlarga qiziqishi ortishida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining alohida o‘rni bor. 

Xo‘sh, yurtimizda hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish talab darajasidami? Mavjud ta’lim dargohlarida yoshlarga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan saboq berayotgan, yoshlarda sportga qiziqishni oshirishi kerak bo‘lgan o‘qituvchilarning malaka ko‘nikmasi yetarlimi?

Ochig‘ini aytganda, o‘n yillikning narisida o‘rta ta’lim maktablarida nafaqat jismoniy tarbiya darslarining o‘tilishi, balki inventarlar, sport jihozlari yetarli emasligi, jismoniy tarbiya darsini olib boradigan mutaxassislarning bilimi yetarli emasligi ko‘ngilni xira qilardi.

2018 yildan davlatimiz rahbarining alohida e’tibori va ko‘rsatmalari asosida sport ta’limini takomillashtirish, malakali murabbiy-o‘qituvchilarni tayyorlash, sport inventarlari bilan ta’minlash, sport majmualarni ta’mirlash, qurish, obodonlashtirish infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish borasida misli ko‘rilmagan sa’yi-harakatlar amalga oshirildiki, qisqa fursatda mamlkakatimizdagi mavjud o‘rta ta’lim maskanlaridagi jismoniy tarbiya va sport tuzulmasi “ko‘rkam bog‘” ko‘rinishini oldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yetti-sakkiz yil maktab sport zali ostonasini xatlamagan kishi bugun ushbu masaknlarga qaldam qo‘ysa hayratdan yoqa ushlashi bor gap. Bir paytlari bitta voleybol tupi topilmagan, oddiy shaxmat jihozlariga ega bo‘lmagan ta’lim maskanlari olib borilgan tizimli ishlar natijasida zamonaviy sport jihoz va inventarlariga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 15 noyabrda imzolagan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining bilimi oshirilishiga yetarli zamin yaratilishigagina emas, o‘quvchilarining musobaqalardagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, yoshlarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi vujudga keltirish platformasi yaratilishiga zamin tayyorladi.

Mazkur qarorga binoan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamkorligida umumiy o‘rta taolim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani pedagog kadrlarini o‘quv fanidan malaka sinovlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yildiki, bu, jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning zamonaviy innovatsion texnologiyalari, o‘qitishning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirib borishni ta’minlamoqda.

Malakasi oshgan, jismoniy tarbiya darslariga yangicha yo‘nalish va jarayonlarni tadbiq etayotgan mutaxassislar orqali o‘quvchilardan sport sinovlari qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

Natijada joriy yilning 1 aprel – 17 may kunlari respublikamizdagi 10 134 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchilari tomonidan 5 million 259 ming nafar 1-11 sinf o‘quvchilari sport sinovlarini topshirish uchun elektron tizimdan o‘tkazildi.

Mazkur ishlarda samaradorlikka erishish, aholi vakillarini ham sog‘lom turmush tarzi tamoyillari bilan qamrab olish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarining 208 ta tuman va shaharlarida joylashgan 254 ta sport maktablarining 1 ming 890 nafar trener-seleksionerlari 9 ming 453 ta mahallaga biriktirilishiga muvoffaq bo‘lindi.

Ushbu harakatlarning provard maqsadi, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining erishgan natijasiga qarab, ya’ni o‘quvchi yoshlarning sport yutuqvlaridan kelib chiqib malaka toifasiga erishishini ta’minlash asnosida baholash tizimlari, reyting ko‘rsakichlari yaratiladi. Bu mahoratli sportchi yoshlarning kamolga yetishiga sharoit yaratishi bilan ahmiyatlidir.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA