Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
18:46 / 2023-11-17

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Qarorga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentda daromad solig‘iga imtiyozdan foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soliq organlariga murojaat qilish, shuningdek, 

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash tartiblari belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorda nazarda tutilgan davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishi tizimini yo‘lga qo‘yadi.

YAIDXPda davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish imkoniyati ham yaratiladi. 

O‘zA