Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jismoniy reabilitatsiya qilish tizimi muhokama qilindi
09:41 / 2025-01-14

Mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sog‘lom turmush tarziga oshno bo‘lishiga ko‘maklashish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, iqtidori va nogironlik darajasidan kelib chiqib para sport turlariga yo‘naltirish ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tgan yilning noyabr oyida imzolangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham ushbu masalalar o‘z aksini topgan.  

Shu kunlarda hududlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.  

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi hamda hududiy sport boshqarmalarining mutaxassislari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida bo‘lib, targ‘ibot ishlarida qatnashdi. Aholi vakillari bilan muloqotlar davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish, sport inshootlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish borasida zarur tushunchalar aytib o‘tildi.  

Suhbatlar davomida shuningdek, adaptiv sport turlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashga e’tibor qaratildi.  

Imkonsizlikdan imkon topib, o‘z shijoati, matonati, irodasi tufayli hayotda ko‘pchilikka ibrat bo‘layotgan para sportchilarimizning keng faoliyati tahlil etilgan muloqotlar chog‘ida joriy yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab berilgani va bu, qarorda keltirib o‘tilgani ta’kidlandi.  

Rejaga muvofiq, 2025 yil mobaynida Toshkent viloyatida 33 ming 502 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25 ming 908 nafar, adaptiv sport guruhlariga 2 ming 937 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar qamrab olinishi nazarda tutilmoqda.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA