Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar ham ovoz berdi
17:47 / 2023-04-30

Namangan shahridagi 7-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari aholining faol ishtiroki bilan boshlandi. Uchastka komissiyasi raisi Nargiza Hayitovaning O‘zA muxbiriga ma’lum qilishicha, referendumda ishtirok etishi uchun Sharshara mahallasida istiqomat qiluvchi 2 ming 901 fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 834 nafari yoshlar, 1 ming 444 nafari xotin-qizlar, 53 nafari nogironligi bor hamda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarni tashkil etadi.

Xususan, eshitish va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan kishilarning ham siyosiy jarayonlardagi to‘laqonli ishtirokini ta’minlash maqsadida ko‘zi ojiz kishilar uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan brayl alifbosidagi byulletenlar taqdim qilinmoqda. 7-referendum uchastka komissiyasi a’zolari ommaviy axborot vositalarining kuzatuvi bilan “Sharshara” MFY, “Ma’rifat” ko‘chasi, 35-uy, 7-xonadonda istiqomat qiluvchi Ko‘zi ojizlar jamiyati Namangan viloyati bo‘limi a’zosi Tohir Jambulovning yashash manziliga bordi. Bir nafar farzandi bor ushbu yosh oila vakillari brayl alifbosi ko‘magida konstitutsion huquqlarini amalga oshirdi.  

– Yoshim 66 da. Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zosiman, – deydi mehnat faxriysi Ilhomjon Tuyg‘unov. – Biz kabi imkoniyati cheklangan insonlar mamlakatimizda inson qadri ulug‘lanayotganidan bag‘oyat minnatdormiz. Buning yorqin misoli sifatida Yurboshimiz tashabbusi bilan biz ko‘zi ojizlar istiqomat qilayotgan uydagi 36 ta xonadon davlat hisobidan to‘liq ta’mirlab, ko‘rkam qiyofaga keltirildi. Oldinlari uyimizga mehmon kelganda, ochig‘i ruhan iztirob chekardik. Endi esa xonadonimizga kirgan kishining havasi keladi. Ayni shuning uchun ham referendumga oila a’zolarim bilan birga qatnashdik. Uchastkada ovoz berishimiz uchun alohida shart-sharoitlar yaratilibdi. Komissiya a’zolari bergan brayl alifbosi byulletenidan foydalandim.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA