Jismoniy faollik – sog‘lom turmush garovi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanida aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlari o‘tkazildi.
Tadbirda 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi mahalla xodimlari hamda aholi vakillari faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar my.sport.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘z jismoniy tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazdi.
[gallery-25916]
Qatnashchilar yugurish, arqonda sakrash, savatchaga to‘p uloqtirish, uzunlikka sakrash, gavdani bukish kabi mashqlarni bajardi. Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirish hamda sportni ommalashtirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA