Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoyatga jazo muqarrar
11:50 / 2024-10-14

Yoshlik zavqi, shiddati jo‘shqin daryoga qiyoslanadi. Asov daryo po‘rtanalar hosil qilgancha yo‘lda uchraydigan har qanday g‘ovni surib ketishga qodir bo‘lganidek, yoshlikdagi kuch-g‘ayrat ham ko‘p ishlarni bajarishga undaydi. Biroq umrini besamar, mazmunsiz o‘tkazayotgan yoshlar ham uchrab turibdi.

T.N. 25 yoshda. U shu paytga qadar o‘g‘riligi va boshqa jinoyatni sodir etganligi uchun ikki marotaba sudlangan. Ammo xulosa chiqarmagan ekan. U halol mehnat qilib daromad topish o‘rniga yana jinoyatga qo‘l urdi. Shu yilning birinchi may kuni tunda Yashnobod tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli yangi tipda qurilgan oziq-ovqat do‘konining derazasi orqali ichkariga kirib, kassadagi 8.100.000 so‘mni hamda 635.000 so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

U 9 may kuni yana o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon- taroj qilish maqsadida yarim tunda Yashnobod tumani “Aviyasozlar” ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘koni oldiga borgan. Atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib do‘konga o‘rnatilgan temir panjaraning ustki qismi ochiqligidan foydalanib ichkariga kirgan. Rastada turgan bozor narxi 40.000.000 so‘mlik tamaki mahsulotlarini hamda savdo kassasidagi 8.000.000 so‘mni olib chiqayotgan vaqtida do‘kon egasi tomonidan ushlangan.

– Aybimga iqrorman, – dedi sudda sudlanuvchi T.N. –  Oqibatini o‘ylamabman. Boshqa bunday ish qilmayman. Kechiringlar...

Sud sudlanuvchiga jazo tayinlashda barcha jihatlarni e’tiborga oldi. O‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan T.N. sudning hukmi bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qo‘li egrilik, birovning mulkiga ko‘z olaytirish og‘ir gunoh sanaladi. Ammo hayotda ayrim yoshlarning o‘g‘rilik jinoyatini sodir etayotgani  nihoyatda tashvishlanarli holatdir.

Bahodir Qayumov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining sudyasi.