Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoyatchilikning oldini olishda “Buxoro tajriba”
14:35 / 2023-08-21

Buxoro viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy - ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i general-mayor Davron Nazarmuxamedov hamda viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligida ishchi guruh o‘rganishlarining yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov IIVning asosiy 16 ta sohasi bo‘yicha mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh viloyatdagi mavjud kriminogen vaziyatni tahlillar asosida kompleks o‘rganib, davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Buxoro viloyatida jinoyatchilikni jilovlash borasidagi “Buxoro tajriba”sini yaratishga doir manzilli ishlar olib borib, “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqqanligini aytib o‘tdi.  

Shundan so‘ng, viloyatda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amaliyotga tatbiq etiladigan “Buxoro tajribasi”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  

Taqdimotda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Buxoro davlat universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga ko‘ra, “Psixologik va sotsiologik xizmat ko‘rsatish” ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilgani, markaz tomonidan olib boriladigan ishlar va ularning amalga oshirish mexanizmlari xususida so‘z yuritildi.  

Yig‘ilishda jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olishda targ‘ibot tadbirlarining samarasi juda yuqori ekanligi, jinoyatning nimaga yetaklashini tushungan inson undan tiyilishga harakat qilishi, viloyatning barcha shahar va tumanlarida, mahallalar hududida voyaga yetmaganlar, yoshlar hamda xotin-qizlar jinoyatchiligi, o‘g‘irlik va firibgarlik, tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlar, yo‘l transport hodisalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan turli jinoyatlar, ayniqsa plastik kartalardan pul yechib olish va o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish hamda bu turdagi jinoyatlarning sodir etilishiga imkon berayotgan omillar, tub sabablar hamda ularning oqibatlari, aholining huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida “Mobil targ‘ibot guruh” larining faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ham bu boradagi ish samaradorligining garovi ekanligi ta’kidlandi.  

Ushbu belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Buxoro shahridagi kriminogen vaziyati eng og‘ir bo‘lgan “R.Hamroyev” nomli mahalla tanlab olindi. Mazkur mahallani tajriba sifatida “jinoyatdan xoli mahalla”ga aylantirish choralari ko‘rilishi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.  

Taqdimotda jinoyatlarni jilovlashning “Buxoro tajribasi”ni respublikamizning boshqa hududlarida ham ommalashtirilishi ta’kidlandi.  

Zarif Komilov, O‘zA