Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoyatchilikni oldini olish – muhim vazifa
18:54 / 2022-01-12

Toshkent viloyatida 2021 yil 4 mingga yaqin tig‘li jism muomaladan olindi. Hududda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarlikni kamaytirish va aholi tinchligini saqlash borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyatida IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tomonidan 2021 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan, Patrul-post xizmati xodimlari ishtirokida jami 226 ta, shaxsan ular tomonidan 72 ta jinoyatlar fosh etilgan bo‘lsa, 137 holatda turli jinoyatlarning oldi olingan. Shu kabi PPX xodimlari ishtirokida 49 nafar va shaxsan ular tomonidan 75 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlanib, ushlangan. 

Hududlardagi 33 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs topilgan. Shuningdek, 2 ming 636 nafar ish va yashash joyi noaniq bo‘lgan shaxs reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan. Mayda bezorilik sodir etganligi uchun 10 ming 65 ta, jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilgan 54 ming 817 ta va boshqa huquqbuzarlik uchun 136 mingdan ortiq shaxs, tegishli chora ko‘rish uchun hududiy IIBga olib borilgan.

Viloyatda o‘tkazilgan “Tig‘” maxsus-profilaktik tadbiri davomida PPX xodimlari tomonidan 3 ming 972 ta o‘tkir tig‘li jism olingan bo‘lsa, ularning 3 ming 334 tasi pichoq, 36 tasi kastet, 39 tasi bita va 563 tasi boshqa ko‘rinishdagi xavfli bo‘lgan o‘tkir tig‘li jismlarni tashkil qilgan.

A. Musayev, O‘zA