Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoyatchilikka qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
07:36 / 2026-01-18

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida kriminogen vaziyatni sog‘lomlashtirish hamda qimmatbaho metallar noqonuniy savdosiga aloqador jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida Ohangaron tumani, Angren va Olmaliq shaharlarida tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirildi.

Natijada, 9 nafar fuqaroning yashash xonadonlaridan jami 17,5 tonna tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan qum va toshlar, ularga ishlov berishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, 135 g oltin, 25 g “marixuana” giyohvandlik vositasi, 1 dona ov quroli va 42 dona o‘q-dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.