Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoyatchilikka qarshi kurash muhim vazifa
20:07 / 2021-06-17

Nukusda jinoyat hamda huquqbuzarlik sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan, muammolarning o‘z vaqtida ijobiy yechim topishida, yordamga muhtoj oilalar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlashdagi, hududning infratuzilmasini rivojlantirishdagi fidoyiligi uchun mahalla raislarini taqdirlash marosimi bo‘ldi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri S.Turmanov ta’kidlaganidek davlatimiz rahbarining joriy yil 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan majlisida bergan topshiriqlarining ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan joriy yilning 1-7 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurashni "mahallabay" tashkil etish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida barcha shahar-tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlar bilan birga yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqid qilingan edi.

Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning mol-mulklarini ishonchli muhofaza qilish, yoshlar ishtirokidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. O‘tgan yili davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 416 ta mahalladan 174 tasida, joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida 419 ta mahalladan 279 tasida birorta jinoyat hamda huquqbuzarlik sodir etilmagan. Shu bilan birga hududida jinoyatchilik oshgan mahallalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 111 tadan 105 taga kamayishiga erishildi. Bunda ichki ishlar organlari bilan birga mahalla raislari hamda xodimlarining ham munosib hissasi bor.

[gallery-2833] 

Tadbirda 15 ta mahalla va ovul fuqarolar yig‘ini raisiga pul mukofoti topshirildi.

Taqdirlanganlar nomidan Chimboy tumanidagi “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.Qudaybergenova, Nukus shahridagi “Sarvinoz” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.Aminov mehnatlarini munosib baholagani uchun minnatdorlik bildirdi. Kelgusida ham bilim hamda tajribasini aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga sarflashini bildirdi.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda aholi, shu jumladan yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududimizda birorta jinoyat hamda huquqbuzarlik sodir etilmaganligining asosi bo‘ldi,– deydi Beruniy tumanidagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Jonibek Qilichev. – Shu jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarga ekin maydonlarining ajratilib berilishi o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Tadbir yakunida mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi.

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA