Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoyatchilikdan xoli mahallalar soni ko‘paymoqda
10:46 / 2025-09-19

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Navoiy viloyati boshqarmasida sohada amalga oshirilayotgan islohotlardan aholini xabardor qilish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda boshqarma boshlig‘i G‘ofir Aliyev OAV bilan hamkorlik aloqalari hamda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va dolzarb vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan “mahalla yettiligi” modeli orqali aholining yashash sharoitlari yaxshilanib, turmush darajasida ijobiy tomonga o‘zgarishga erishilmoqda. Aholi bilan ochiq muloqot qilish orqali ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarining 80 foizi mahallaning o‘zida hal etilmoqda.

– Mahallani ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadida 42 ming 436 nafar ishsizlar daromadli mehnatga jalb qilinib, 28 ta mahalla ishsizlikdan xoli hududga aylantirildi, – deydi G‘.Aliyev. – Shuningdek, mahallada xavfsiz muhitni yaratish maqsadida barcha tuman (shahar)larda jinoyatlar sabablari muhokama qilinib, mahallalardagi aholi gavjum joylar va ko‘chalarga 1 943 ta videokuzatuv kameralar o‘rnatilganligi sababli “qizil” toifadagi mahallalar soni 46 tadan 39 taga, ya’ni 7 taga kamayishiga erishildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 310 ta mahalladan 179 tasi jinoyatchilikdan xoli hududga o‘tkazildi.

Shuningdek, 47 mingta xotin-qizlar muammolaridan 44 ming836 tasi hal etildi. Ajrim yoqasidagi 503 ta oilalar yarashtirildi, 4 ming 841 ta xotin-qizga yordamlar ko‘rsatildi. Natijada 61 ta mahalla oilaviy ajrimdan xoli hududga aylantirildi. 

“Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” tadbirlarida mahallalarning infratuzilmasi yaxshilanib, yo‘l, ichimlik suvi, elektr bilan bog‘liq muammolari hal etilib, 100 mingdan ortiq xonadonda obodonlashtirish ishlari olib borildi. 

Matbuot anjumanida OAV vakillariga “mahalla platformasi” haqida ham ma’lumot berilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi. 

 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri