English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka oid ishlar sarhisob qilinib, rejalar belgilandi
12:27 / 2021-02-02

Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinmasa, qanday natijaga erishilgani, yutuq va kamchiliklarni bilib bo‘lmaydi.

Natija esa xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yakuniy xulosa asosida kelgusidagi vazifalar, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar reja qilib olinadi.

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida ham 2020 yilda jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Ichki ishlar vazirligi, uning viloyat boshqarmasi, tuman shahar bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda o‘tgan yildagi ishlar tahlil qilindi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shavkat Mavlyanov 2020 yil davomida viloyatda huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, sodir bo‘lgan jinoyatlarni issiq izida fosh etish, jamoat tartibi va fuqarolar, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan axborot berdi.

Har bir ichki ishlar sohasi xodimi kasb intizomi va qonunchilikka qat’iy amal qilishi, xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi, asosiysi, Vataniga, xalqiga sadoqatli bo‘lishi lozim. Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Saidkarim Nishonboyev Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalarga to‘xtaldi. Shu bilan birga soha xodimi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan va sidqidildan bajarishi, fuqarolar xavfsizligi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishida tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etishi yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida viloyatda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Tadbirda Vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish borasida mardlik, jasorat namunalarini ko‘rsatib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

A.Qayumov, O‘zA