Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoyatchilik holati joyida muhokama qilinmoqda
10:15 / 2023-08-07

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijadorligi, ayniqsa, kriminogen vaziyati og‘ir, jinoyatlar ko‘p sodir etilgan “qizil” toifali mahallalarga borib, jinoyatchilik holatini joyida muhokama qilmoqda.

Jinoyatchilikning navbatdagi “mahallabay” muhokamasi viloyat IIB mutasaddilari, shahar hokimligi, qator mas’ullar va mahalla mutasaddilari ishtirokida Buxoro shahri “Otbozor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

Mazkur mahallada joriy yilning bugungi kuniga qadar 3 ta o‘g‘irlik hamda 1 ta shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar sodir etilgan. “Qizil” hudud toifasiga kirgan ushbu mahalladagi jinoyatlarning sabab va kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan muhokama jarayonida mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hisobotlari tinglandi.

Muhokamada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida sektor rahbari, mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori va boshqa mas’ul idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Mahallada kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi, ayniqsa oila turmush doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Zarif Komilov,  

O‘zA