Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoyat sodir etganlar jazosini olishi muqarrar, yetkazilgan zarar ham undiriladi – senator F.Boqiyev
13:05 / 2021-08-27

Xabar berilganidek, ayni daqiqalarda Oliy Majlis yuqori palatasining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Senat a’zosi Farod Boqiyev ushbu masala yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirib, kadastr sohasida uchrayotgan muammo va kamchiliklarga e’tibor qaratdi.

– Kadastr agentligi tashkil etilgandan buyon 354 mingta qo‘shimcha ob’ekt aniqlangan va byudjetga 468 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushirilgan, – dedi senator F.Boqiyev. – Joylardagi 403 mingta ko‘chmas mulk ob’ektida qo‘shimcha qurilmalar aniqlangan va kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqilib, byudjetga mol-mulk solig‘i bo‘yicha qo‘shimcha 99,9 mlrd. so‘mlik manba yaratilgan. Umuman olganda, Kadastr agentligi hozirda 17 turdagi xizmatlardan 13 tasi elektron inson omilisiz amalga oshirilmoqda. Bu yaxshi, albatta.

Biroq oxirgi paytlarda kadastr sohasida deyarli har kuni yer bilan bog‘liq korrupsion holatlar sodir bo‘lmoqda.

Ta’kidlash joizki, 2020 yilda 67 nafar va 2021 yilning olti oyida 48 nafar agentlik mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan 70 ta jinoyat sodir etilgan. Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Albatta, jinoyat sodir etganlar jazosini olishi muqarrar, yetkazilgan zarar ham undiriladi.



O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

Axborot xizmati