Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoyat qilganga jazo muqarrar
15:29 / 2025-09-23

Bugungi kunda yurtimizda sud-huquq tizimini yanada ochiq va shaffof qilish, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida sayyor sud majlislarini tashkil etish yaxshi an’anaga aylanib bormoqda. Shunday tadbirlardan biri Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus tumani sudi raisi Gulistan Bisenova raisligida o‘tkazildi.

Mazkur ochiq sud majlisi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida bo‘lib o‘tdi. Unda Nukus tuman  IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi hisobida turgan 3 nafar shaxsga nisbatan tuman IIB boshlig‘i tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi. Sud muhokamasi davomida barcha hujjatlar va shaxslarning xulq-atvori atroflicha o‘rganilib, yakunda taqdimnomalar qanoatlantirildi. Natijada 3 nafar fuqaro jazoni o‘tash muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi. Bu esa, ularning jamiyatga qayta moslashishlari uchun katta imkoniyat yaratadi.

Sud majlisi yakunida sudya ishtirokchilar bilan muloqot qilarkan, bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan masalalarga alohida to‘xtaldi. Xususan, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik kabi illatlar jamiyatning sog‘lom ma’naviy muhitiga putur yetkazishi mumkinligi ta’kidlandi. Shuningdek, mazkur jinoyatlar va huquqbuzarliklar uchun belgilangan jazolar muqarrarligi alohida qayd etildi.

— Har qanday jinoyat jazoga loyiq. Ayniqsa, oilaviy zo‘ravonlik va shahvoniy shilqimlik jamiyatimizda keskin qoralangan hodisalardir. Shuning uchun bunday illatlarning oldini olishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki butun jamiyat mas’uliyatli bo‘lishi zarur, — dedi jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus tumani sudi raisi Gulistan Bisenova.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri