Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoiy guruhning rejasi amalga oshmadi
08:41 / 2023-04-01

Buxoro viloyati huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar Sh.I. va J. M.tomonidan qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, oldindan jinoiy til biriktirilganligi aniqlangan.

Natijada fuqarolar Sh.I. va J. M. bir guruh bo‘lib, 2022 yil 11 mart kuni soat taxminan 11:00 larda Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori orqa tomonida joylashgan avtoturargohda fuqaro T.S. ga Buxoro viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, 3.81 grammni tashkil qiluvchi “marixuanna” giyohvand moddasini qonunga xilof ravishda 550. 000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar Sh.I. va J. M. larga nisbatan  JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Zarif Komilov, O‘zA