Jinoiy guruhga aloqasi bo‘lgan shaxs ushlandi
Farg‘ona viloyati IIB hamda DXX xodimlari tomonidan uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga chek qo‘yish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar davomida “Baxti Tashkentskiy” ga yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan shaxs ushlandi. U qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga qochib o‘tmoqchi bo‘lgan payt, "Do‘stlik" chegara postida qo‘lga olindi. Unga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPK ning 221-moddasi tartibida ushlandi.
M.Sulaymonov,
O‘zA