English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jinoiy guruh qo‘lga olindi
13:41 / 2023-07-30

Qalbaki pul ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, G‘ijduvon tumani Pozagari mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro R.Q. hamda tumanning Sharq mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro N.A. lar iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash yoki ularni o‘tkazish jinoyatini qasddan sodir etish bilan shug‘ullangan.

Xususan, ushbu shaxslar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktiradi. Bir guruh bo‘lib g‘arazli yoki boshqa past niyatlarni ko‘zlab, bir fuqaroga ko‘p miqdordagi qalbaki 10.000 AQSH dollarini 5.000 AQSH dollariga sotishga kelishishadi.

Natijada DXX G‘ijduvon tumani bo‘limi, Departamentning Vobkent tuman bo‘limi hamda Ichki ishlar boshqarmasi JQB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar G‘ijduvon tumani “Yu.Hamadoniy” ko‘chasida joylashgan “Bek” restorani orqasida joylashgan avtoturargohda uchrashib, boshqa fuqaroga qalbaki 8.300 AQSH dollarini berib, qolgan 1.700 qalbaki AQSH dollarini tez kunda yetkazishlarini aytib, qalbaki AQSH dollari sotganliklari evaziga 5.000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.  

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA