Jim Rojers Toshkent forumida ishtirok etadi
Amerikalik mashhur investor, biznesmen va moliyaviy sharhlovchi Jim Biland Rojers IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) maxsus sessiyasida ishtirok etishi kutilyapti. "Beeland Interests" kompaniyasi raisi, "Quantum" jamg‘armasi muassislaridan biri bo‘lgan bu shaxs global moliya bozorida asosan 10-15 yillik, ya’ni uzoq muddatli kelishuvlarga mablag‘ yo‘naltiradigan investor sifatida tanilgan.
11 iyun kuni "O‘zbekistonni qimmatli qog‘oz sarmoyasi uchun noyob bozorga aylantiradigan omillar nima?” mavzusidagi eksklyuziv sessiya doirasida Jim Biland Rojers auditoriya bilan yuzma-yuz uchrashib, dunyo mintaqalaridagi investitsiya muhiti haqidagi qarashlari, sarmoya aktivini boshqarish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.
M.Pirmatova, O‘zA