Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jildiz Polotova: Tashqi siyosatda izchillikni kutamiz (+video)
16:24 / 2023-06-06

O‘zbekistonda bo‘lajak navbatdan tashqari Prezident saylovlariga dunyo hamjamiyati, jumladan qo‘shni davlatlarda ham qiziqish katta. Qirg‘iziston Respublikasi mehnat, ijtimoiy ta’minot va migratsiya masalalari vazirining o‘rinbosari Jildiz Polotova bu haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

–O‘zbekiston – Qirg‘iziston munosabatlari har qachongidan ham yuqori darajaga chiqdi. Bu holatni avvalo xalqimiz qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidlamoqchiman. Bunda ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli qabul qilingan qarorlar muhim o‘rin tutdi. Natijada ikki qardosh xalqlar do‘stligi, hamkorligi mustahkamlandi. Birgina misol, O‘zbekiston tashabbusi bilan Qirg‘iziston fuqarolari chegaradan xorijiy pasport o‘rniga ID-kartalari bilan o‘tishlari joriy qilindi. Bunday imtiyozli tartib faqat O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘rtasida bor, xolos. Bu ham O‘zbekiston Prezidenti, uning xalqi qanchalar bag‘rikeng ekanligini ko‘rsatadi. Endi qirg‘iz-o‘zbek bozorlari ham bir-biri tomon eshiklarni ochdi. Xolbuki, 6-7 yil avval g‘oyat ruhiy va siyosiy tanglik yuzaga kelgan edi. Bunday yaqinlik mintaqada tinchlik, xalqlar va mamlakatlararo xotirjam, farovon hayotni ta’minlashga xizmat qiladi.  

Ishonchim komil, o‘zbek xalqi bo‘lajak Prezidentlik saylovida bugun xalqaro maydonda erishilgan yutuqlarini izchil davom ettiradigan, uni yanada mustahkamlaydigan munosib nomzodni tanlaydi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YDD89013DnY" title="Jildiz Polotova:Tashqi siyosatda izchillikni kutamiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muallif va tasvirchi: Muhammadjon Obidov