Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JIDU talabalariga bank imkoniyatlari xususida ma’lumotlar berildi
12:33 / 2025-09-15

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Turonbank” ATB vakillari bilan hamkorlikda “Kelajak mutaxassisligim” mavzuida moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan, bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida “Turonbank” stipendiyasi dasturi, ta’lim krediti va uning imkoniyatlari, moliyaviy savodxonlikni shakllantirishning amaliy jihatlari, mamlakatimizdagi so‘nggi bank-moliya sohasidagi islohotlar haqida so‘z yuritildi.  

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti” vakillari ham ishtirok etib, o‘z loyihalari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Trening davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldi. Shu bilan birga, Turonbank stipendiyasiga ega bo‘lgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA