English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jiddiy taklif: amerikalik talabalar oʻzbek yoshlariga nimalarni oʻrgatmoqchi
22:10 / 2019-03-12

Toshkentda 12 mart kuni AQSHning “American University”oliy taʼlim muassasasining bir guruh talabalari ishtirokida “Yoshlarning diplomatik aloqalar va xalqaro munosabatlarda tutgan oʻrni” mavzusida konferensiya tashkil etildi.


Toshkentda 12 mart kuni AQSHning “American University”oliy taʼlim muassasasining bir guruh talabalari ishtirokida “Yoshlarning diplomatik aloqalar va xalqaro munosabatlarda tutgan oʻrni” mavzusida konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakillari, oliy taʼlim muassasalari talabalari turizm, taʼlim tizimi va innovatsion mavzularga oid oʻz taqdimotlari bilan qatnashdi.

Konferensiyada Oʻzbekiston va AQSH taʼlim tizimi, yoshlar tashkilotlari faoliyati, jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning oʻrni, yetakchilik qobiliyatini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash, bandlik kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

– Anjumanda nogironlar va keksalar uchun ixtiyoriy madaniy dasturlar tashkil etish gʻoyasi bilan qatnashdim, – deydi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Moʻydinjon Yoqubov. – Koʻngilli yoshlar safini kengaytirish orqali ushbu aksiyani mamlakatimiz boʻylab amalga oshirish mumkin. Yurtimiz talaba-yoshlarining ana shunday tashabbuslari amerikalik yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi. Shu bois, bu kabi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan tajriba almashuvlarni davom ettirishni rejalashtirganmiz.

Tadbir soʻnggida yoshlarning xalqaro hamkorlikdagi muzokaralarni davom ettirishga doir takliflari ishlab chiqildi.