French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jidda va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
16:16 / 2023-03-01

Saudiya Arabistonining Flynas aviakompaniyasi Jidda-Toshkent-Jidda yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Ilk parvoz  joriy yilning 27 mart kuni amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. "Uzbekistan Airports" aksiyadorlik jamiyatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, aviaqatnovlar Airbus A320neo samolyotlarida  haftasiga  to‘rt marta – dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari muntazam amalga oshiriladi.  

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning sentyabr oyidan boshlab ushbu aviakompaniya Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida texnik qo‘nish holati bilan Jidda-Toshkent-Jidda yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi aviaqatnovlarini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu reyslar  joriy yilning 24 martiga qadar davom etadi. Shundan so‘ng aviakompaniya yangi parvozlar jadvaliga o‘tadi.    

 Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA