English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“JETRO”ning Toshkentdagi idorasi rahbari bilan uchrashuv
14:32 / 2022-04-29

Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO)ning mamlakatimizdagi ofisi rahbari Zyun Takaxasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida MOXI va JETRO o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqboli xususida batafsil fikr almashildi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa hamkorlarni jalb qilgan holda sheriklikning o‘zaro manfaatli turli yo‘nalishlarini aniqlash masalasi ko‘tarildi.

Janob Takaxasiga institut oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar, muassasa faoliyatining eng dolzarb jihatlari va xorijiy sheriklar bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

“JETRO” idorasi bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga 2019 yil dekabrida amalga oshirilgan tashrifidan so‘ng sezilarli darajada faollashgan o‘zbek-yapon munosabatining hozirgi yuqori darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi.

U shuningdek kun chiqar yurt biznes vakillari tomonidan mamlakatimiz bilan investitsiya, jumladan, energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qiziqish juda yuqori ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar sheriklikning aniq shakl va yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

G‘.Xonnazarov, O‘zA