Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jesim Chelebi 2017 yilda Buxoroga kelganda uni nima hayratlantirgandi?
19:55 / 2019-02-22

Ayni vaqtda Oʻzbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini oshirishga va xorijiy tajribaga asoslanib yangi turizm mahsulotlarini shakllantirish mavzusida muloqotlar davom etmoqda.


Ayni vaqtda Oʻzbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini oshirishga va xorijiy tajribaga asoslanib yangi turizm mahsulotlarini shakllantirish mavzusida muloqotlar davom etmoqda.

Unda maʼruza qilayotganlar orasida Turkiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining madaniy va taʼlim masalalari boʻyicha maslahatchisi Jesim Chelebining mulohazalari eʼtiborimizni tortdi.

U ming yillik tarixiy madaniyat va sanʼat markazi boʻlgan Buxoroga kelganidan baxtiyorligini maʼlum qilib, shu oʻrinda boshidan oʻtgan bir voqeani aytib berdi.

“2017 yilda Buxoroda Ipak va ziravorlar festivalida qatnashgan edim. Bir doʻkondan bir necha marta mahsulot sotib oldim. Shunda doʻkonchi “Siz bizdan bir necha marta xarid qildingiz, endi yonimizdagi doʻkondan ham nimadir xarid qiling”, dedi. Bunday ajoyib xulq va atrofdagilar haqida qaygʻurish faqat oʻzbeklarga xos odat degan fikrdaman".

Hozirda dunyo miqyosida turizm orqali mablagʻ topishga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Misol uchun, 2018 yilda sayyohlik ortidan dunyo davlatlari bir trilliondan ortiq daromad koʻrdi. Lekin turizm rivojlanishining bitta xavfli jihati ham mavjud. Xususan, u katta daromad keltirish bilan birga, doimiy rivojlanishni talab etadi.

Agarda bu tizim nazoratsiz, eʼtiborsiz holda rivojlansa, jiddiy yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin. Xususan, kundalik hayotda sayyohlar bilan muloqotni ortishi mahalliy aholining ajnabiy madaniyat taʼsirga tushib qolishiga xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa, chetdan kelganlarga mahsulotlarni baland narxlarda sotish islom tijorat qoidalariga ziddir. Bu esa kelayotganlarning narxlarga boʻlgan ishonchini va davlatga hurmatini yoʻqotadi. Yuqorida keltirgan voqeam misolida sizlarda turizm tartib va eʼtibor bilan rivojlanayotganini koʻrish, anglash mumkin.

Xorijlik mehmonning yurtimiz va xalqimizga chuqur hurmat bilan bildirgan soʻzlaridan anglash mumkinki, koʻplab insonlar qidirgan mehr-oqibatni aynan Oʻzbekistonda koʻrgani iftixor uygʻotadi.