Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jennet mekan” MTT yangi binosi foydalanishga topshirildi
10:28 / 2021-12-10

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Oqqamish” ovul fuqarolar yig‘inida davlat-xususiy sheriklik asosidagi “Jennet mekan” maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi R.Shamuratov va boshqalar mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish, bolalarni qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtaldi. Tashabbuskor mablag‘i hisobidan bunyod etilgan umumiy qiymati 4 milliard 260 million so‘mlik davlat-xususiy sheriklik asosidagi 100 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy tiptagi maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi chekka hudud aholisi uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.

Tadbir ishtirokchilari ishga tushirilgan ikki qavatli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda tumanda 33 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 8 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 26ta nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Hududda jami 17 811 nafar 3-7 yoshdagi bola bo‘lib, shundan 12 713 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan va qamrab olish 71,5 foizni tashkil etadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA