Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jenisbek Piyazov: sun’iylik - chin san’atni o‘ldiradi (+video)
16:14 / 2026-03-03

Bugungi kunda "sun’iy intellekt" har bir sohaga shu darajada jadallik bilan kirib, singib ketmoqdaki, bu holat soha uchun o‘ziga xos "qulaylik" yaratish bilan birga, "savodsizlik" sari yetaklab ketayotganini sezmay qolasan, kishi.

Ayniqsa o‘zbek milliy san’atida fonogramma orqali ijrolar tufayli shundoq ham oqsab turgan qo‘shiqchilik san’ati, endi sun’iylik daturlari oldida sinovga uchramoqda. Sun’iy intellekt foydalanuvchilar uchun shu darajada katta imkoniyatlarni yaratmoqdaki, endilikda bir qo‘shiq dunyoga kelishi uchun sozandalaru, bastakorlar xizmatiga ehtiyoj qolmayapti. Hatto ijrochining o‘zi ham professional qo‘shiqchi bo‘lmasdan turib shunchaki havaskor sifatida qo‘shiq yaratishi, kuylashi mumkin.

Bu albatta haqiqiy san’at va san’at ahli uchun "falokat"ning o‘zi. "Shaxsiy mulohaza" loyihasining bu galgi mehmoni O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Jenisbek Piyazov "Sun’iylik haqiqiy san’atni o‘ldirishi", fonogramma va sun’iy intellektdan foydalanishni cheklash va nazoratga olish zarurligi to‘g‘risida o‘zining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cKG6uvrPMwM" title="Jenisbek Piyazov: sun’iylik - chin san’atni o`ldiradi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA