Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jenevada AQSHning tinchlik rejasi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda
14:11 / 2025-11-24

Bu haqda Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbari Andrey Yermak ma’lum qilmoqda.

Uning aytishicha, ukrain yetakchisi Vladimir Zelenskiy tomonidan tayinlangan delegatsiya Jenevada allaqachon ish boshlagan.

Hozircha Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya liderlarining milliy xavfsizlik maslahatchilari bilan ilk uchrashuv o‘tkazilgan. Keyingi muloqot AQSH delegatsiyasi bilan bo‘ladi.

Muzokaralarda Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibi Marko Rubio va prezident Donald Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma’lumki, Tramp ma’muriyati tomonidan tayyorlangan 28 banddan iborat tinchlik rejasi Kiyevga taqdim etilgan.

RF rahbari Vladimir Putin reja bo‘yicha maslahatlashuvlarga tayyorligini bildirib, “bu reja ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun asos bo‘lishi mumkin”, dedi.

Zelenskiy ham “tinchlik rejasi” ustida ishlayotganini ta’kidlab, o‘z mamlakatining milliy manfaatlariga “hech qachon xiyonat qilmasligini” aytdi.

G.Sattorova, O‘zA