Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jeneva shahrida O‘zbekiston kuni o‘tkazildi
10:00 / 2024-10-17

Jenevada bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoq (PI)ning 149-Assambleyasi doirasida maftunkor yurtimiz va amalga oshirilayotgan islohotlar namoyishiga bag‘ishlangan O‘zbekiston kuni tashkil etildi.

Unda turli mamlakatlar delegatsiyalari, parlament a’zolari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.   

Tadbir ishtirokchilariga boy tarixga ega yurtimiz, qadriyatlarimiz va madaniy merosimiz aks etgan videorolik namoyish etildi.   

Mazkur rolik ularda o‘zgacha taassurot qoldirdi. O‘zbekistonning turistik salohiyatini aks ettiruvchi ekspozitsiya esa xorijlik hamkorlarimizning mamlakatimiz haqidagi tasavvurini yanada boyitdi.   

Shuningdek, kelgusi yilning aprel oyida rejalashtirilgan PIning 150-yubiley Assambleyasi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.   

Uchrashuvda munosib mehnat tizimini takomillashtirishda parlamentning ta’sirchan kuchi va vakolatlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.     

*** 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston so‘nggi yillarda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan samarali hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.   

Mamlakatimizning XMT Ma’muriy kengashi a’zoligiga saylangani esa Prezident Shavkat Mirziyoyevning bu sohadagi tashabbus va sa’y-harakatlarining yana bir global miqyosdagi e’tirofi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.   

Senat Raisi Tanzila Norboyeva Jenevaga rasmiy tashrifi doirasida XMT bosh direktori Jilber Ungo bilan uchrashuv o‘tkazdi.   

Uchrashuvda ham aynan hamkorlikning yangi bosqichi, oldingi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarning holati va natijalariga e’tibor qaratildi. Jumladan, munosib mehnat tamoyillarining tizimli tatbiq etilishi hamda XMT bilan ijtimoiy adolat Global koalitsiyasi doirasidagi hamkorlik va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.   

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan dasturning joriy etilgani, unda XMT tomonidan tavsiya etilgan standartlar inobatga olingani alohida ta’kidlab o‘tildi.   

Uchrashuvda munosib mehnat tizimini takomillashtirishda qonunchilikka oid islohotlarning ahamiyati haqida fikr yuritildi hamda shu o‘rinda parlamentning ta’sirchan kuchi va vakolatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.   

N.Abduraimova, O‘zA