French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jeneva muzokarasida hech qanday hujjat imzolanmadi
22:11 / 2026-02-18

– Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiya bilan muzokarada siljishga erishildi, – dedi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov. – Siyosiy va harbiy masala, xavfsizlik sharti va ehtimoliy yechimni amalga oshirish mexanizmi muhokama qilindi. Ba’zi jihatlar aniqlandi, ayrimlari qo‘shimcha muvofiqlashtirishni talab etadi. Jarayonni yakunlaydigan asosiy qoida ustida ishlashga e’tibor qaratyapmiz. Taraqqiyot bor, ammo hozirgi bosqichda tafsilotni oshkor qilib bo‘lmaydi. Keyingi qadam ishlab chiqilgan yechimni ko‘rib chiqish uchun Prezidentlarga taqdim etish, zarur kelishuvga erishish bo‘ladi.

Рустем Умеров: В переговорах между делегациями Украины и США достигнут  реальный прогресс

Ma’lumki, uch davlat ishtirokidagi muloqot 17-18-fevral kunlari Jenevada bo‘lib o‘tdi. Rossiya delegatsiyasiga Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qildi.

Uitkoff и Kushner направляются в RF после встречи с украинскими  переговорщиками - Газета.Ru | Novosti

Uchrashuvda AQSH Prezidenti elchisi Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kushner ham ishtirok etgan. Ukraina delegatsiyasiga Vladimir Zelenskiy ma’muriyati rahbari Kirill Budanov boshchilik qilgan.

– Uchinchi bosqich qiyin kechdi, – dedi Medinskiy. – Muzokara ikki kun davom etdi: kecha turli formatlarda juda uzoq vaqt va bugun taxminan ikki soat. Murakkab, shu bilan birga samarali suhbat bo‘ldi.

Shuningdek, RF vakili keyingi uchrashuv yaqin orada o‘tkazilishini qo‘shimcha qilgan.

“RIA Novosti” manbasi bugungi muloqotdan so‘ng mamlakatlar vakillari hech bir hujjatni imzolamaganiga e’tibor qaratgan.

Kecha Shveysariyada boshlangan tinchlik muzokarasining navbatdagi bosqichi birinchi kuni olti soat davom etgan. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, munozara juda keskin kechgan.

Medinskiy возглавит делегацию России на переговорах в Женеве — РБК

Darvoqe, Bosh vazir Kir Starmerning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jonatan Pauell boshchiligidagi Buyuk Britaniya delegatsiyasi ham Jenevaga yetib kelgan. Agentlik manbasi so‘zlariga ko‘ra, Qirollik vakillari uchrashuv natijasini sabrsizlik bilan kutgan.

Yanvar oyi oxiri-fevral oyi boshida Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi shahrida Moskva, Kiyev va Vashington vakillari ishtirokida xavfsizlik ishchi guruhining yopiq eshiklar ortidagi muloqoti bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Qo‘shma Shtatlar tomonidan taklif qilingan tinchlik rejasida aks etgan dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Ikkinchi bosqichdan so‘ng Rossiya va Ukraina 157 nafardan harbiy asirni almashdi.

Kreml ta’kidlaganidek, AQSH hududiy masala Alyaska sammiti qaroriga muvofiq hal qilinmasdan turib, uzoq muddatli kelishuvdan umid yo‘qligini tan olgan. Moskva Ukraina Qurolli kuchlari Donbassdan chiqib ketishini talab qilmoqda.

Saidmurod Rahimov,

O‘zA sharhlovchisi