English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jeju Air samolyot halokati uchun uzr so‘radi
13:21 / 2024-12-29

Janubiy Koreyaning Muan shahrida samolyoti halokatga uchragan "Jeju Air" aviakompaniyasi fojia uchun uzr so‘rab, falokat sababini aniqlash uchun barcha imkoniyatni amalga oshirishga va’da berdi, deb yozdi “Yonxap” axborot agentligi.

“Hozir tafsilotlarni aniqlash ustida ishlayapmiz”, — deyilgan qisqacha bayonotda.

Eslatib o‘tamiz bugun mahalliy vaqt bilan soat 9:07 da "Jeju Air" kompaniyasi 7C 2216 reysi bo‘yicha 181 kishi bilan uchgan "Boeing  737-800" layneri Muan aeroportiga qo‘nayotganda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, panjaraga urilgan va yonib ketgan.

So‘nggi ma’lumotda halok bo‘lgan 75 kishining shaxsi aniqlangani, ikki odam qutqarilgani  e’lon qilingan. Havo kemasi sahnida 173 Janubiy Koreya, 2 nafar Tailand fuqarosi bo‘lgan. Qutqaruv ishlari davom etyapti. Yo‘lovchilarning aksariyati halok bo‘lgani aytilmoqda.

Mamlakat Mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatini bartaraf etish uchun 180 ga yaqin harbiy xizmatchi, o‘t o‘chirish va tez yordam mashinalari safarbar etilgan.

O‘t o‘chiruvchilar taxminicha, halokatning ehtimoliy sababi sifatida ob-havo sharoiti va qushlar urilishi ko‘rsatilmoqda.