Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JDPUda “Senator va yoshlar” uchrashuvi
10:32 / 2025-03-02

Jizzax davlat pedagogika universitetida Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi, senator Husan Ermatov talabalar bilan uchrashdi.

Bugun iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yangi imkoniyatlar yaratish, muammolarini aniqlash va hal qilish doimiy e’tiborda ekanligi, aynan shu maqsadda Senat huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etilganligi, ular yoshlar huquqlariga oid qonunchilik  takomillashtirilishi, yoshlar hayotiga daxldor masalalar yechimi bo‘yicha izchil faoliyat yuritayotgani aytildi.  

Shuningdek, bugungi kunda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, ta’lim sohasida qizlar uchun yaratilgan qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi. Muloqot davomida talaba-yoshlarga parlament va senatorlarning ish faoliyati haqida ham ma’lumotlar berildi.

Mamlakatimiz aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Demak, ularning sifatli ta’lim olishi choralarini  ko‘rish, yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish tizimini mukammallashtirish, ular uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim vazifa hisoblanadi.  

Husan Ermatov yoshlar bilan suhbatlashar ekan, yaratilayotgan sharoitlar haqida alohida to‘xtalib, yoshlarga havasi kelishini, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘z oldilariga qo‘ygan reja va maqsadlari sari dadil odimlashlari lozimligini uqtirdi.  

Senator talaba-yoshlarga  o‘z hayot yo‘li va tajribalari to‘g‘risida ham gapirib berdi. Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarning taklif va fikrlari tinglandi. Yoshlarning har bir fikri, taklifi jamiyatimizning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi, bu kabi uchrashuvlarni ko‘proq o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

[gallery-22061]

“Senator va yoshlar” uchrashuvi mehmonlari Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yillik tantanalari arafasida qayta ta’mirlanib, talabalar ixtiyoriga topshirilgan, ayni paytda tunu kun, ya’ni 24 soat, haftaning 7 kunida ham  faoliyat yuritayotgan  yangi axborot- resurs markazi, universitet tuzilmasi qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” hamda “Universitet tarixi” muzeylarida bo‘lishdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA muxbirlari