Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JDPU 50 yoshda
20:33 / 2024-09-21

Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil topganiga roppa-rosa 50 yil to‘ldi. Ana shu tantana munosabati bilan oliy o‘quv yurtida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu tantana doirasidagi bitiruvchilar va ota-onalar forumi barchaning diqqat markazida bo‘ldi.  

Ushbu tadbirlarga kelgan sobiq hamda universitetda bugungi kunda tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari JDPU tyutorlari va volontyor talabalari yordamida universitet bo‘ylab ekskursiyada bo‘ldi, yaratilgan shart-sharoitlar, oliy o‘quv yurti tarixi,talabalarga beriladigan imtiyozlar, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish uchun tashkil etilgan to‘garaklar, yopiq va ochiq sport majmualari,  o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, “Steam park”, kutubxona va yangidan tashkil etilgan “Professorlar bog‘i” bilan yaqindan tanishdi.

So‘ngra 300 nafarga yaqin sobiq talaba hamda 500 nafarga yaqin ota-onaning JDPU Madaniyat saroyida yangi o‘quv yilida birinchi kursga qabul qilingan barcha fakultetlarning talaba-yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan  suhbati  barchada chuqur taassurot qoldirdi.

[gallery-19395]

Uchrashuvlarda universitet rektori professor Shavkat Sharipov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sarvar Nazarqosimov va boshqalar ota-onalar hamda oliygoh bitiruvchilari bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatish,  bu tadbirlar talabalar hayoti va faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishi, bu hamjihatlik juda ham zarurligini alohida ta’kidladi.

– Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – ota-onalar, sobiq bitiruvchilar, talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarni birlashtirish, ta’lim dargohi bilan aloqalarini mustahkamlash, “Ota-onalar kongressi” faoliyatini ommalashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan, – dedi JDPU rektori Sh.Sharipov.  

Shundan so‘ng a’lochi va namunali hulqli talablarining ota-onalari universit tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

O‘z navbatida ota-onalar farzandlari uchun yaratilgan munosib sharoit va g‘amxo‘rliklar uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirlar yakunida talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari