JCH-2026ga uch oy qolganda Marokash terma jamoasida bosh murabbiy o'zgardi
Marokash terma jamoasi Valid Regragining murabbiylik lavozimidan iste’foga chiqqanini e’lon qildi.
Marokash terma jamoasi Valid Regragining murabbiylik lavozimidan iste’foga chiqqanini e’lon qildi.
50 yoshli mutaxassis Afrika Kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng amalda milliy jamoani tark etgani hamda APL va La Liga klublari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Marokash terma jamoasining yangi murabbiyi etib, avvalroq Marokash U20 jamoasini boshqargan Muhammad Uabi tayinlandi.

Uch oydan so'ng start oladigan JCH-2026 turnirida marokashliklar Braziliya, Shotlandiya va Gaiti bilan bir guruhda bahs olib boradilar.