Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“JCH-2026”: O‘zbekistonning mundialdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
00:45 / 2025-12-06

AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida FIFA tomonidan 2026 yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Marosimda FIFA prezidenti Janni Infantino so‘zga chiqdi va mezbon mamlakatlardan vakillar borligini ta’kidlab, ularni barchaga tanishtirdi.

Shuningdek, marosimning badiiy qismida jahon estradasining taniqli san’atkorlari — italiyalik mashhur tenor Andrea Bochelli, britaniyalik pop-yulduz Robbi Uilyams va xonanda Nikol Sherzinger o‘z chiqishlari bilan ishtirokchilarga bayramona ruh ulashdi. Darvoqe, tadbirda supermodel Xaydi Klum, taniqli komik aktyor Kevin Xart boshlovchilik qildi.

Tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “K” guruhidan o‘rin oldi va Portugaliya, Kolumbiya va Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya kabi terma jamoalar bilan raqobatlashadigan bo‘ldi. Terma jamoamiz o‘yinlar taqvimi quyidagicha:

17 iyun: O‘zbekiston - Kolumbiya

23 iyun: Portugaliya - O‘zbekiston

27 iyun: Saralash jamoasi - O‘zbekiston

Quyida mundial uchun tashlangan qur’aning to‘liq natijasi bilan tanishasiz:

"A" guruhi

1. Meksika

2. JAR

3. Janubiy Koreya

4. Daniya/Shimoliy Makedoniya/Chexiya/Irlandiya

"B" guruhi

1. Kanada

2. Italiya/Shimoliy Irlandiya/Uels/Bosniya

3. Qatar

4. Shveysariya

"S" guruhi

1. Braziliya

2. Marokash

3. Gaiti

4. Shotlandiya

"D" guruhi

1. AQSH

2. Paragvay

3. Avstraliya

4. Turkiya/Ruminiya/Slovakiya/Kosovo

"E" guruhi

1. Germaniya

2. Kyurasao

3. Kot d’Ivuar

4. Ekvador

"F" guruhi

1. Niderlandiya

2. Yaponiya

3. Ukraina/Shvetsiya/Polsha/Albaniya

4. Tunis

"G" guruhi

1. Belgiya

2. Misr

3. Eron

4. Yangi Zelandiya

"H" guruhi

1. Ispaniya

2. Kabo-Verde

3. Saudiya Arabistoni

4. Urugvay

"I" guruhi

1. Fransiya

2. Senegal

3. Iroq/Boliviya/Surinam

4. Norvegiya

"J" guruhi

1. Argentina

2. Jazoir

3. Avstriya

4. Iordaniya

"K" guruhi

1. Portugaliya

2. Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya

3. O‘zbekiston

4. Kolumbiya

"L" guruhi

1. Angliya

2. Xorvatiya

3. Gana

4. Panama

Ma’lumot o‘rnida: Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA