Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“JCH-2026”: Osiyo qit’asi uchun saralashning 4-bosqichiga qur’a tashlandi
14:13 / 2025-07-17

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi Osiyo futbol konfederatsiyasi qarorgohida “JCH-2026” Osiyo qit’asi uchun pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Ma’lumki, 3-saralash bosqichida uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan Indoneziya, Iroq, O‘mon, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalari mundial yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. O‘yinlar joriy yilning 8-14 oktyabr kunlari markazlashtirilgan formatda o‘tkaziladi. Marosimda ishtirokchilar uchta jamoadan iborat ikkita guruhga bo‘lindi.  

Qur’a tashlash marosimini Shin Man Gil va O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze olib bordi. Qur’a natijasiga ko‘ra, Qatar, BAA va O‘mon "A" guruhidan, Saudiya Arabistoni, Iroq hamda Indoneziya terma jamoalari "B" guruhidan joy oldi.

Mazkur saralashning "A" guruhi bahslariga Qatar, "B" guruhi uchrashuvlariga esa Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Guruh g‘oliblari 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Guruhning ikkinchi o‘rnidan joy olgan termalar 13 va 18 noyabr kunlari FIFA pley-offiga chiqish uchun ikki o‘yinli bellashuvda ishtirok etadi. G‘olib FIFA pley-off turniriga yo‘l oladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA