JCH-2026 chiptalari sotilmayapti
Shu yilning yozida AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati atrofida kutilmagan muammo yuzaga keldi. The Touchline nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, FIFA turnir atrofida yetarlicha ajiotaj yo‘qligidan qattiq xavotirlanmoqda.
Turnir boshlanishiga atigi to‘rt oy vaqt qolgan bo‘lsa-da, chiptalarning katta qismi haligacha sotilmagan. Tashkilot rahbariyati nima uchun qiziqish bu qadar past ekanligini tushuna olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi mundial 48 ta jamoa ishtirok etadigan ilk kengaytirilgan Jahon chempionati sifatida tarixga kiradi. Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi esa o‘z chempionlik unvonini himoya qilishi kerak.
Karim Xudoyqulov, O‘zA