Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“JCH-2022”dagi eng yosh va eng keksa murabbiy kim?
16:01 / 2022-11-28

Xabaringiz bor, shu kunlarda Yaqin Sharq mamlakati – Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in o‘tmoqda. Mundial davomida ayrim qiziqarli ma’lumotlarga duch kelyapmiz.

Argentinalik Lionel Skaloni musobaqaning eng yosh murabbiyi, deb topilgan. U 1978 yil 16 mayda tug‘ilgan. Futbolchi faoliyati davomida Argentinaning «Nyuells Old Boyz», «Estudiantes», Ispaniyaning «Deportivo» (La-Korunya), «Rasing», «Malorka», Italiyaning «Latsio», «Atalanta» klublarida to‘p surgan.  

L.Skaloni 2016 yildan buyon murabbiy sifatida ishlab kelyapti. 2016-2017 yillarda Ispaniyaning «Sevilya» klubida bosh murabbiy yordamchisi bo‘lgan, keyin esa Argentina terma jamoasida ish boshlagan.  

U 2018 yildan beri Argentina terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Eslatib o‘tamiz, terma jamoa musobaqaning 1-turida Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 2-turda Meksikani mag‘lub etgan.  

Shuningdek, Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal esa “JCH-2022”dagi eng keksa murabbiy hisoblanadi. U hozir 71 yoshda.  

Qiziqarli ma’lumotlar hali oldinda, O‘zAni kuzatib boring.  

B.Xudoyberdiyev, O‘zA