English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JCH-2022: raqiblarimiz Gʻarbiy Osiyo chempionatida qatnashadi
18:42 / 2019-07-29

Ertaga Iroqda futbol boʻyicha IX Gʻarbiy Osiyo chempionati start oladi.


Ertaga Iroqda futbol boʻyicha IX Gʻarbiy Osiyo chempionati start oladi.

Ushbu turnirning biz uchun ahamiyatli jihati, unda Oʻzbekiston terma jamoasining JCH-2022 saralash bosqichidagi raqiblari – Saudiya Arabistoni, Yaman va Falastin ishtirok etadi.

Saralash bahslari boshlanishiga bir oydan koʻproq vaqt qoldi. Shuni inobatga olsak, Gʻarbiy Osiyo chempionati boʻlajak raqiblarimizning kuchiga toʻgʻri baho berish uchun qulay imkoniyat sanaladi.

Afsuski, Iroqda oʻtkaziladigan musobaqaga Saudiya Arabistoni termasi oʻzining eng kuchli tarkibini olib kelolmaydi. Chunki avgust oyida Osiyo Chempionlar ligasining pley-off bosqich oʻyinlari oʻtkaziladi. Unda Saudiya Arabistonining biryoʻla 4ta klubi kurashni davom ettirmoqda. Qolaversa, Falastin ham Gʻarbiy Osiyo chempionatiga oʻzining optimal tarkibi bilan kelmaydi, chunki turnir FIFA kunlariga toʻgʻri kelmaganligi bois Falastin ham legioner futbolchilari xizmatidan foydalana olmaydi. Biroq, har qanday holatda ham ushbu musobaqa Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz murabbiylar shtabiga boʻlajak raqiblari haqida qandaydir maʼlumotlar olishda qoʻl keladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslarining 1-turini mehmonda Falastinga qarshi oʻtkazadi. Hozircha ushbu oʻyin qayerda oʻtkazilishiga oydinlik kiritilmagan.