Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
JBIC bilan hamkorlikning kelgusi bosqichlari muhokama qilindi
10:54 / 2025-06-13

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish jamiyat va iqtisodiyot uchun katta foyda keltiradi.

Raqamli infratuzilma: internet, ma’lumotlar markazlari, raqamli to‘lov tizimlari biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.  

Yangicha ish o‘rinlari va startaplar paydo bo‘ladi.

Elektron tijorat va xizmatlar sohasi jadal rivojlanadi.  

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki ijtimoiy barqarorlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ham yuksalishni ta’minlaydi. Bu esa zamonaviy taraqqiyotning muhim poydevoridir.  

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yaponiya Xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruv raisi Hayashi Nobumitsu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qildi.

Shuningdek, suhbat davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning joriy xolati, istiqboldagi rejalari va raqamli texnologiyalar sohasidagi yangi loyihalar yuzasidan fikr almashdi. Shu bilan birga, raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish, IT-ta’limni rivojlantirish va xalqaro ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlarni yaratish, startap larloyihalar orqali innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro samarali muloqotni davom ettirish, ustuvor loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldi.

N.Rahmonova, O‘zA