English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jazoyir Fransiya harbiy samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopdi
10:58 / 2021-10-04

Jazoyir Afrika qirg‘oqlaridagi missiyasini bajarish maqsadida parvoz qiluvchi Fransiya harbiy samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopdi.

“Al-Jazira”ning o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, avvalroq, Fransiya va Jazoyir munosabatlariga fransuz prezidenti Emmanuel Makronning keskin so‘zlari tufayli putur yetgandi.

Eslatib o‘tamiz, Jazoyir fransuz koloniyasi bo‘lgan va bu yerdagi sohilbo‘yida ko‘plab etnik fransuzlar koloniya tartibini tiklashni yoqlab chiqqandi.

“Le Monde” gazetasiga ko‘ra, Makron ular bilan uchrashib: “Jazoyir tarixi haqiqat asosiga emas, Fransiyaga nafrat ruhida yozilgan”, deb ta’kidlagan va bunda prezident xalqni emas, Jazoyirning rahbariyatini nazarda tutgani ma’lum qilingan.

Jazoyirda bu fikr mamlakatning ichki ishiga aralashuv deb qabul qilingan va Parijdagi elchi maslahatlashuv uchun chaqirib olingan.