English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jazoni o‘tayotgan shaxslarning ishlagan davri ish stajiga qo‘shiladi (+video)
21:28 / 2023-02-28

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–817, 15.02.2022 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Shuningdek, “Jinoyat-ijroiya kodeksi”ga mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganligini aniqlash mezonlari kiritildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VdaXb6dWr6Q" title="Jazoni o‘tayotgan shaxslarning ishlagan davri ish stajiga qo‘shiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘zA